«Google» tergov to‘xtatilishi uchun salkam milliard yevro to‘lashga ko‘ndi
«Google» internet-konserni Fransiya hukumati qo‘zg‘agan moliyaviy firibgarliklar bo‘yicha tergov to‘xtatilishi uchun salkam 1 milliard yevro badal to‘lashga ko‘ndi, deb xabar berdi «Vesti».
Bu pullarning €500 millioni jarima, €465 millioni ilgari to‘lanmay qolgan soliqdir.
«Google»ning Yevropadagi shtab-kvartirasi Dublin (Irlandiya)da joylashgan. Irlandiyada korporativ daromad solig‘i boshqa mamlakatlardan past, u yerda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar soliq imtiyozlaridan foydalanadi.
Fransiya hukumati 2015-yili «Google»ni moliyaviy firibgarlikda shubha ostiga olgan, Fransiyada tuzilgan reklama shartnomalaridan tushgan daromadlari uchun soliqni Irlandiyada to‘laganlikda ayblagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter