«Google Maps» o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi
«Google Maps» servisi o‘ttizdan ortiq yangi tillarni qo‘llab-quvvatlagan holda yangilanishni amalga oshirdi. Qo‘shilgan 39 ta tilda butun dunyo bo‘ylab taxminan 1,25 milliard odam so‘zlashadi, deb xabar berdi «MobInfo.uz».
Yangi tillar afrikancha, albancha, armancha, ozarbayjoncha, xorvatcha, gruzincha, islandcha, qozoqcha, qirg‘izcha, mo‘g‘ulcha, rumincha, forscha, turkcha, ukraincha, o‘zbekcha va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
«Google Maps» — bepul kartografik servislar va texnologiyalar orasida yaratilgan dasturlar to‘plami hisoblanadi. U 2005-yilda yaratilgan. Servisda mahalliy hududlarning xaritalari va Yerning sun’iy yo‘ldoshidan turib olingan suratlari mavjud. «Google» kompaniyasiga tegishli mazkur servis shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter