Toshkent shahridagi Inha universitetida 4-marotaba “Google I/O Extended” konferensiyasi o‘tkaziladi
![Toshkent shahridagi Inha universitetida 4-marotaba “Google I/O Extended” konferensiyasi o‘tkaziladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2295853870.jpg)
2018-yilning 19-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da to‘rtinchi marotaba «Google I/O Extended» konferensiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda universitet rasmiy saytida xabar berildi.
«Google I/O Extended — 2018 IUT» konferensiyasi O‘zbekistondagi IT-hamjamiyatni jalb qiladi hamda ularni «Google» kompaniyasining eng dolzarb innovatsion yechimlari konsepsiyalari bilan tanishtiradi.
«Google I/O Extended — 2018 IUT» bu yil birinchi marotaba IUT talabalari tomonidan 2018 yilning fevral oyida tashkil etilgan «Google Developer Groups (GDG)» tomonidan o‘tkaziladi. Loyihani Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashdi.
Konferensiyada O‘zbekistondagi turli universitetlarning 200 nafardan ortiq talabalar hamda ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun davomida konferensiya qatnashchilari taqdimotlar, ma’ruzalar va dasturlash bo‘yicha sessiyalarda ishtirok etadilar.
Mazkur konferensiyadagi o‘z ishtiroklarini O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari va startap-loyihalari sohasining yetakchi mutaxassislari tasdiqlashdi.
Konferensiyada ishtirok etishg qiziqish bildirgan talabalar tadbirning quyidagi sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin – https://goo.gl/forms/LAwpLPrfe7rslUI83.
Har yili o‘tkaziladigan «Google I/O» konferensiyasi asosan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Google» kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi hamda «Google»ning «Android», «Chrome», «Chrome OS», «Google APIs», «Google Web Toolkit», «App Engine» va boshqalar kabi ochiq texnologiyalari va servislarining muhokamasiga bag‘ishlangan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti 2015-yildan beri «Google I/O» tadbirini o‘tkazib kelmoqda. IUT talabalari mazkur konferensiyaning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, ular tadbirni tashkillashtirishda bevosita ishtirok etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter