Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gonorar kerakmas, deb tilxat yozdirib oldi. Noshirning bunga haqi bormi?

Gonorar kerakmas, deb tilxat yozdirib oldi. Noshirning bunga haqi bormi?

Foto: «Xabar.uz»

— «Bir nashriyot rahbari yozuvchiga gonorar berishdan bosh tortishga haqqi bormi? Gonorar kerakmas, deb tilxat yozdirib oldi, keyin kitobingni chiqaraman, dedi. Buning uchun qonuniy chora bormi?»

S.T., Sirdaryo viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-aprel kuni «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik gonorari to‘lashni qonuniy asosda ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilangan edi.

— Agarda nashriyot kitobni o‘z hisobidan chiqarayotgan bo‘lsa, muallifga qalam haqi bermasligi mumkin. Ya’ni, nashriyot qalam haqi bermayman degan qarorga kelgan bo‘lsa, bunga haqi bor, — deya javob berdi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi mas’ul xodimi. — Avvalo, qalam haqi berish-bermaslik nashriyot va muallif o‘rtasida tuzilgan shartnomada keltirib o‘tiladi. Agarda shartnomada gonorar to‘lanishi kerakligi belgilangan bo‘lsa-yu, nashriyot tomonidan qalam haqi muallifga to‘lanmasa, bunday holda sudga murojaat qilish va belgilangan qalam haqi undirib olinishi mumkin. Ammo shartnomada gonorar berilmasligi haqida kelishuv bo‘lsa, muallifga gonorar to‘lanmaydi. Aslida xususiy nashriyotlar tomonidan qalam haqi berish-bermaslik o‘z ixtiyorida bo‘lib, kitob chop etish uchun nashriyot o‘z hisobidan sarf-xarajat qiladi. Shu bilan birga kitob sotilishi ham nashriyotning gardanida bo‘ladi. Agarda muallif kitob uchun qalam haqi to‘lanmayotganidan norozi bo‘lsa, u boshqa nashriyot bilan kitob chop etilishi bo‘yicha shartnoma imzolashi va kitobning qo‘lyozmasini avvalgi nashriyotdan olib ketishga haqli.

Xullas, qalam haqi olish-olmaslik yoki berish-bermaslik nashriyot va muallif o‘rtasida imzolanadigan shartnomada batafsil keltirib o‘tilgan bo‘ladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring