G‘ofur Rahimov homiyligida ixtisoslashgan maktab qurildi
Bugun 30 avgust kuni yangi 2021-2022 o‘quv yili oldidan yana bir ta’lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Homiylik mablag‘i hisobidan qurilgan Respublikadagi ilk STEM fanlariga ixtisoslashgan maktab Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida qad rostladi.
Ochilish marosimdan oldin maktabni to‘liq qurib va jihozlab bergan homiy tadbirkor G‘ofur Rahimov hamda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ramziy ma’noda ko‘chatlar ekildi.
«Quvonarli jihati, viloyatda maktablarning shaklini o‘zgartirish uchun saxovatli tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugun mana shunday tadbirkorlardan biri G‘ofur Rahimov mablag‘lari evaziga 45-maktabning eski binosi o‘rnida zamonaviy ta’lim maskani qad rostladi. Maktabda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 600 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan ta’lim muassasasida 634 nafar o‘quvchiga 43 nafar pedagog ta’lim beradi. Maktab eng zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. STEM fanlariga ixtisoslashgan tayanch maktabida matematika, chet tili, axborot texnologiya va kimyo-biologiya fanlari chuqurlashtirgan holda o‘qitiladi.
Homiylik asosida to‘liq jihozlanib, qurib berilgan maktab Quyichirchiq aholisi, shu bilan birga yoshlar uchun Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter