Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gmail» orqali o‘z-o‘zidan o‘chib ketuvchi maktub yuborishni bilasizmi?

«Gmail» orqali o‘z-o‘zidan o‘chib ketuvchi maktub yuborishni bilasizmi?

Foto: «Techcrunch.com»

«Gmail» yuborilgan maktublar belgilangan muddatdan so‘ng o‘z-o‘zini o‘chirib tashlaydigan funksiyani joriy etdi. Mazkur funksiyadan foydalanish uchun pochtaning yangi dizayniga o‘tish kerak, deb xabar beradi «Layfxaker».

Pochtaning yangi dizayniga o‘tilganidan so‘ng, quyidagi amallar bajariladi:

  1. «Yozish» tugmasi bosiladi.
  2. Soat tasviri tushirilgan qulf belgisi tanlanadi.
  3. Maktubning qancha muddatga saqlanib qolishi belgilanadi.

Agarda foydalanuvchi belgilangan muddat ichida uni ochmasa — maktub o‘chib ketadi. Bundan tashqari, shu turdagi xabarlarni ko‘chirib olish yoki printer orqali bosib chiqarishning ham iloji yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring