«GM Uzbekistan» yana Ukrainaga avtomobil eksport qilmoqda
23-may kuni «GM Uzbekistan» kompaniyasi Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi. Ukrainaga R4 va R2 modelidagi avtomobillar eksport qilinadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar berilganidek, kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston Respublikasi, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.
Oldinroq Qirg‘izistonga eksport tiklangani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter