«GM Uzbekistan» Navro‘z munosabati bilan «Malibu» va «Tracker» avtomobillariga chegirma e’lon qildi
«GM Uzbekistan» Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Malibu» va «Tracker» avtomobillari xaridiga 3 foizli chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aksiya joriy yilning 19-martidan kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda ushbu avtomobillarni xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga taqdim etiladi. Aksiya joriy yilning 31- martiga qadar amal qiladi.
Bundan tashqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli to‘lovga ham ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, xaridor 215 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu Turbo», 190 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Malibu», hamda 128 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga «Chevrolet Tracker» xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.
Avtomobilni muddatli to‘lovga xarid qilgan mijozlarga 3 foizli chegirma amal qilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter