«GM Uzbekistan» mashinalarining narxi 10-12 foizga oshadi

«GM Uzbekistan» tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshadi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» «O‘zavtosanoat»dagi manbaga tayanib ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, yangi narxlar yangi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.
«Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi o‘zgarish 10-12 foizni tashkil qilishi kutilmoqda», — deb aytgan manba.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan «Ravon» brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter