Avtomobil bahosini 1 daqiqada aniqlash mumkin
![Avtomobil bahosini 1 daqiqada aniqlash mumkin](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4278807595.jpg)
O‘zbekistonda avtomobilning taxminiy bahosini aniqlash uchun sodda, tushunarli va eng muhimi adolatli kalkulyator taqdim etildi. Bu haqda «UzAuto Motors» AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, trade-in.uz veb-saytidagi mazkur kalkulyatorni yaratishda o‘xshash avtomobillarni dilerlar va jismoniy shaxslar tomonidan sotish bo‘yicha haqiqiy takliflarga asoslangan mualliflik hisob-kitob usuli qo‘llanilgan.
Kalkulyator avtomobilning taxminiy bahosini belgilaydi. Avtomobilning yakuniy narxi uning asl holati va mahalliy bozor omillariga asoslanadi hamda Trade-In mutaxassisi tomonidan baholanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter