Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘zbek avtomobillari Rossiyaning sovuq iqlimida sinovdan o‘tkaziladi

Endi o‘zbek avtomobillari Rossiyaning sovuq iqlimida sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston Rossiyaning avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zbek avtobillarini Rossiya sovuq iqlimida sinovdan o‘tkazish borasida shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda «Podrobno.uz» «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimovga asoslanib xabar tarqatdi.

«Hozir rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun muzokaralar olib boryapmiz. Xususan, avtomobil va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti tarkibidagi Dmitrov poligoni bilan ham. Biz «O‘zavtosanoat» innovatsiya markazini yaratdik va bu aynan rossiyaliklar bilan shartnoma imzolashda qo‘l keladi.

Gap nafaqat birgalikda sinov o‘tkazish haqida, balki yig‘ilgan avtolardan tashqari yangi mahsulotlarni ham test qilib ko‘rish haqida ketmoqda», – deb aytgan U.Salimov.

Uning aytishicha, yaqin kelajakda avtomobillardan tashqari O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlanayotgan shinalar ham Rossiya sharoitida sinab ko‘riladi.

«Shinalar xavfsizlikning muhim elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni nafaqat issiqda, balki sovuq iqlim sharoitida ham sinab ko‘rishimiz lozim bo‘ladi», – dedi u.

Bugungi kunda «GM Uzbekistan» sinov uchun Pskent avtomobil poligonidan foydalanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring