Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nahotki, bu AQShda yuz berayotgan bo‘lsa: bosh infeksionist tahdidlardan shikoyat qildi

Nahotki, bu AQShda yuz berayotgan bo‘lsa: bosh infeksionist tahdidlardan shikoyat qildi

Foto: «Yandex»

AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori, mamlakatda koronavirus epidemiyasi fonida yulduz maqomini olgan Entoni Fauchining so‘zlariga ko‘ra, uning oilasiga tahdid qilishgan.

«Vaziyat og‘ir. Menga, rafiqamga, qizlarimga jiddiy tahdid. Qanday qilib? Nahotki, bu AQShda yuz berayotgan bo‘lsa?» — dedi Fauchi siyosiy analitik Devid Akselrod efirida.

Olim unga qo‘riqchi yollashganini aytdi.

Koronavirusni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

«Bu jamiyatimizdagi siyosiy darajadagi bo‘linishni aks ettiradi», — dedi u.

«Biz sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatning asosiy mezonlari to‘g‘risida gapiryapmiz. Bunga odamlar qanday qilib dushmanlik bilan yondoshishlarini tushunmayman», — deb qo‘shib qo‘ydi Fauchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi marta bo‘lmayapti. OIV/OITS pandemiyasiga qarshi kurash paytida Fauchi tahdidli maktublar olgan.

AQShda 4 milliondan ziyod koronavirus holati qayd etilgan, taxminan 145 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring