Abduqodir Toshqulov: «Nega qizlarimiz gul ko‘tarib chiqishi kerak?»
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xorijlik mehmonlarni adras ko‘ylakda gul ko‘tarib, kutib olishga OTM qizlari jalb qilinayotganiga munosabat bildirdi.
«Bizni vazir o‘rinbosarimiz ham katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish uchun nega mening gul qizlarim, gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizni farzandingizni qo‘yib ko‘ring. U bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi.
Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman. Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun talaba, festival bo‘lsa talaba… Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qish kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q», — dedi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter