Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV iddaosi va Kusherbayevning «nomaqbul» fikri: Qiziriqda nima gap?

IIV iddaosi va Kusherbayevning «nomaqbul» fikri: Qiziriqda nima gap?

Videodan kadr.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida «Surxon Cotton Textile Cluster» MChJ hamda «P.Turopov» va boshqa 13 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida postlar tarqalmoqda.

18 noyabr kuni mazkur kelishmovchiliklar ochiqdan-ochiq janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o‘zgalarning transport vositalariga shikast yetkazish kabi harakatlarni amalga oshirganlar, deyiladi IIV xabarida.

«Qiziriqda davlat nomidan fuqarolarni qo‘rqitish siyosati ketmoqda. Ijrochilar qonun talablaridan bexabar ichki ishlar tizimi xodimlari. Ular dalalarda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlamoqchi ekan...

Butun tizimning obro‘sini bir pul qilgan Qiziriq tumanidagi Ichki ishlar rahbari va noqobil bunday xodimlar bir kun ham «forma»da yurishga haqqi yo‘q, deb hisoblaymiz», deya yozadi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Kusherbayevning mazkur fikrlarini nomaqbul deb atab, hodisaga izoh berishga uringan:

«Joriy yilning 18-noyabr kuni Surxondaryodagi kelishmovchiliklar ochiqdan-ochiq janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o‘zgalarning transport vositalariga shikast yetkazish kabi harakatlarni amalga oshirganlar.

Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini tiklab, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazganlar. Voqea ishtirokchilarining barchasini harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli nomaqbul fikrlarga barham berish uchun eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlari xodimlari tadbirkorlarning yoki fermerlarning ish faoliyatiga aralashish huquqlari yo‘q. Lekin maqsadidan qat’iy nazar jamoat tartibini buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring