Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Giyohvand modda savdosiga chek qo‘yildi

Giyohvand modda savdosiga chek qo‘yildi

Bekobod tumanida tashkil etilgan tezkor tadbirda 1 kg «gashish» giyohvandlik vositasini 20 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 18-sentyabr kuni IIV hamda Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Bekobod tumani «Farhod» mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Elbek Abdiyev (ism familiyasi o‘zgartirilgan) tuman Zafar qo‘rg‘oni markazida 20 000 AQSh dollari evaziga 1 kg «gashish» giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring