Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobod IIBdagi o‘lim ortidan bir kishi qamoqqa olingan

Bekobod IIBdagi o‘lim ortidan bir kishi qamoqqa olingan

Joriy yilning 19-iyun kuni Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan aka-ukalarning biri vafot etgani va bunda marhumning oila a’zolari IIO xodimlarini ayblayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir xodim qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur voqea ortidan rasmiy munosabat bildirgan IIV matubuot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov «ichki ishlar organlari bilan bog‘liq holatda odam vafot etishi, yuzaga kelgan vaziyatdan qat’iy nazar favqulodda holat sifatida ko‘rilishi»ni bildirgan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring