Germaniyaga ishga yuboraman deb 11 450 dollarga chuv tushirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda fuqaro M.Q. 2019-yilning oktyabr oyiga qadar tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishlagan davrida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Germaniya davlatida oliy ma’lumot talab etilmaydigan yengil ishga yuborish evaziga ularning jami 11 450 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter