Germaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 30 foizga oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming nafarga yoki 30,9 foizga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
dam olish – 15 303 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 2 189 nafar;
xizmat yuzasidan – 846 nafar;
tijorat – 44 nafar;
o‘qish – 20 nafar;
davolanish – 7 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter