Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada bomba tufayli salkam 9 000 kishi evakuatsiya qilindi

Germaniyada bomba tufayli salkam 9 000 kishi evakuatsiya qilindi

Foto: «360tv.ru»

Drezden shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba aniqlanishi sababli tumanlardan birining 8,7 ming aholisi ko‘chirildi. Bu haqda Bild xabar berdi.

250 killogrammlik bomba 22-may kuni markaziy temir yo‘l vokzalida qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda topilgan. Voqea joyiga sapyorlar yetib kelishgan. Snaryad topilgan joy yaqinida qariyalar uyi, o‘quv yurti, klinika, bolalar bog‘chasi va boshqa muassasalar bo‘lgan. Bomba topilgan joydan 400 metr masofa radiusi o‘rab olingan va odamlar evakuatsiya qilingan.

Jami 8,7 ming kishi ko‘chirilgach, bombani zararsizlantirishga kirishilgan. Ammo portlash xavfi tufayli zararsizlantirish ishini to‘xtatishga majbur bo‘lindi. Keyinroq politsiya, zararsizlantirish ishlari masofadan amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu qancha vaqt davom etishi aytilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring