Germaniya Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor
Germaniya federativ respublikasi Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas G‘arbning sobiq polkovnik Sergey Skripal bilan bog‘liq mojarolariga qaramay, Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar bermoqda.
1-aprel kuni Germaniyaning «Bild am Sonntag» gazetasiga bergan intervyusida Maas «Rossiyaning oxirgi yillardagi harakatlari tufayli o‘zaro ishonch yo‘qolganini» ta’kidladi.
«Shu bilan birgalikda biz mintaqaviy muammolarni hal qilishda hamkor va xalqaro tartibni saqlab turishda muhim tayanch sifatida Rossiyaga muhtojmiz. Shuning uchun muloqotlarga tayyormiz va o‘rtadagi ishonchni qayta tiklashdan umidvormiz, agarda Rossiya ham bunga tayyor bo‘lsa», deya ta’kidladi u.
Shunga qaramay, Maas Yevropa Ittifoqining Solsberi voqeasiga munosabatini to‘g‘ri deya hisoblashini aytgan.
Avvalroq, Germaniya hukumati Solsberi voqeasi ortidan boshlangan aksiya doirasida rossiyalik 4 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan edi. Ular 2-aprelgacha Germaniyani tark etishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter