Germaniya qachondan chegaralarini ochishini ma’lum qildi

Germaniya ichki ishlar vazirligi mamlakat o‘z chegaralarini 15-iyundan ochishini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.
Xabarda chegaradagi cheklovlar 16-maydan yumshatila boshlanishi aytiladi. Xususan, xuddi shu sanadan boshlab Lyuksemburg va Daniya bilan chegaradagi cheklovlar olinishi kutilyapti.
Avstriya va Germaniya umumiy chegarani 15-iyundan ochishi haqida ilgari xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo kanslerlar Angela Merkel va Sebastyan Kurs o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq 15-maydan, cheklangan bo‘lsa-da, chegaradan o‘tkazish boshlanadi.
Germaniyada karantin cheklovlari, yumshatilgan tartibda, 5 iyungacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter