Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya prezidenti Olaf Sholsni «bo‘shatdi»

Germaniya prezidenti Olaf Sholsni «bo‘shatdi»

Foto: Reuters

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasman bo‘shatish to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etib, Olaf Shols boshchiligidagi vazirlar mahkamasi vakolatlarini tugatdi. Biroq, TASS xabar berishicha, kansler va hukumat a’zolari yangi koalitsiya shakllanishiga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.

Marosim Berlindagi Belvyu saroyida bo‘lib o‘tdi. Shtaynmayer hukumatga COVID-19 pandemiyasi, Ukrainadagi nizo, Isroil-HAMAS urushi kabi inqirozlar sharoitidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada o‘tgan parlament saylovida eng ko‘p ovozni 69 yoshli Fridrix Mers boshchiligidagi CDU/CSU partiyasi (xristian-demokratlar va xristian-sotsialistlar konservativ bloki) to‘plab g‘alaba qozongan edi. Endi u hukmron koalitsiyani shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring