Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya futbol klubi prezidenti 43 yoshida to‘satdan vafot etdi

Germaniya futbol klubi prezidenti 43 yoshida to‘satdan vafot etdi

Germaniyaning «Gerta» futbol klubi prezidenti Kay Bernshteyn 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda jamoa saytida xabar berildi.

Uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.

«Kay Bernshteynning 43 yoshida kutilmaganda vafot etgani haqidagi dahshatli xabarni oldik. Butun klub, uning rahbariyati va xodimlari bu xabardan chuqur qayg‘uda. Biz barchadan ushbu og‘ir davrda uning oilasi va shaxsiy hayotini hurmat qilishni so‘raymiz», deyiladi klub xabarida.

Bernshteyn «Gerta»ning ashaddiy muxlisi edi. 2022 yil iyun oyida u kutilmaganda «Gerta»dagi prezidentlik saylovlarida siyosatchi Frank Steffelga qarshi g‘alaba qozondi.

Ikki karra Germaniya chempioni bo‘lgan «Gerta» endilikda milliy chempionatning ikkinchi divizionida to‘p suradi. 17-turdan keyin jamoa 25 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring