Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada Ikkinchi jahon urushidagi bomba sabab minglab odamlar evakuatsiya qilinadi

Germaniyada Ikkinchi jahon urushidagi bomba sabab minglab odamlar evakuatsiya qilinadi

Kyolnda Ikkinchi jahon urushi davridagi portlamay qolgan uchta bomba topildi. Snaryadlarni olib tashlash va yo‘q qilish ishlari olib borilayotgan vaqtda 20 mingdan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilinadi. 

Shahar ma’muriyatining xabar berishicha, bombalar topilgan joydan 1 km radiusda joylashgan Deyts tumanidagi binolar aholisi va mehmonlari evakuatsiya qilinadi.

Tadbirlar chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da boshlanadi. 

Ma’lumki, so‘z yuritilayotgan bombalar Amerikada ishlab chiqarilgan bo‘lib, og‘irligi bir va ikki tonnani tashkil qiladi. 

Evakuatsiya zonasiga, jumladan, poezd stansiyasi, kasalxona, ko‘rgazma markazi, RTL teleradiokompaniyasi, bir nechta maktab va bolalar bog‘chalari, mehmonxonalar va ma’muriy binolar kiradi.

Shahar ma’muriyatining ta’kidlashicha, bo‘lajak evakuatsiya urush tugaganidan beri eng katta evakuatsiya bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring