Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoga insonparvarlik yuklari o‘tadigan Rafah chegara punkti ochiladi

G‘azoga insonparvarlik yuklari o‘tadigan Rafah chegara punkti ochiladi

Bugun, juma kuni Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegarada anklav aholisiga gumanitar yordam yetkazilishi va xorij fuqarolarining chiqib ketishi uchun Rafah chegara punkti ochiladi. Bu haqda euronews xabar bermoqda.

Ayni paytda bir tomonda gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalari kolonnalari, bir tomonda esa minglab qochqinlar Misr va G‘azo sektori chegarasidagi Rafah nazorat punktining ochilishini kutyapti.

Misr davlat matbuoti ham chegaraning juma kuni ochilishini aytgan, biroq qanday sharoitlarda va qancha vaqt ochiq qolishi hozircha aniq emas.

Ayrim manbalar faqat ikki fuqaroligi bo‘lgan kishilargini G‘azodan ushbu chegara o‘tish joyi orqali chiqib ketishlari mumkinligini yozishmoqda.

Avvalroq Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Jo Bayden anklav aholisiga Rafah orqali insonparvarlik yordamini yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.

«Isroilliklar insonparvarlik yordamining yakuniy oluvchilari kim bo‘lishidan juda jiddiy xavotirda. Ular kelayotgan yordam HAMASga yo‘naltirilishidan qo‘rqishmoqda. Biz har qanday yetkazib berish to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash uchun kelishuv ustida ishlayapmiz», – degan edi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.

Euronews tomonlar G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan atigi 20 ta yuk mashinasini kiritishga kelishib olingani, JSST bu qamaldagi ikki million aholi uchun yetarli bo‘lmasligidan shikoyat qilayotanini yozmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring