G‘azodagi qurbonlarning yangi soni e’lon qilindi
2023-yil 7-oktyabrdan beri G‘azo sektorida kamida 43 341 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Guardian anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib.
Taxminan 102 105 kishi jarohatlangan.
Sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda 27 falastinlik halok bo‘lgan, yana 86 nafari yaralangan. Departament, shuningdek, vayronalar ostida ming kishining jasadi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Isroil 2023-yil 7-oktyabr kuni G‘azo sektorida harbiy yurish boshladi. Urush oqibatida deyarli butun G‘azo vayronaga aylandi. Urush davomida Isroil HAMAS rahbarlari Ismoil Xaniya va Yahyo Sinvarlarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter