Gaz xodimi xizmat xonasida ushlandi
Toshkent shahrida «Yashnobod tumangaz» ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Yashnobod tumangaz» ta’minoti bo‘limining «Aholi iste’molchilar bilan ishlash» xizmati boshlig‘i F.X. fuqaro B.ning xonadonidagi gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan 4 mln so‘m penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yo‘q qilib berish evaziga pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter