Gavayidagi orol dovuldan so‘ng yo‘qolib qoldi
Gavayi arxipelagiga yopirilgan «Valaka» dovuli oqibatida undagi orollardan biri yuvilib ketdi. Bu haqda «Honolulu Civil Beat» xabar berdi.
Ist-Aylend orolining yo‘qolib qolganini olimlar yo‘ldoshda olingan suratlardan payqab qolishdi. Ular tez orada voqea joyiga borib tadqiqot o‘tkazishmoqchi.
Qum-shag‘aldan iborat orolning maydoni 4,5 gektar edi. Unda Gavayi tyulenlari va yashil toshbaqalar yashardi.
Ta’kidlanishicha, bu French-Frigat-Shols atoli yo‘qotgan ikkinchi oroldir. Biroq oldingisi (Trig oroli) asta-sekin yemirilib, suvga g‘arq bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter