G‘arb davlatlari Isroilga yoqmaydigan bayonotlar bermoqda
Fransiya tashqi ishlar vaziri Kartin Kolonna Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan uchrashuvdan so‘ng G‘azo sektorida «barqaror sulh»ga erishishga chaqirdi. Avvalroq Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari ham uzoq muddatli otashkesimga erishishga chaqirgan.
«Men bu yerga yangi gumanitar sulh muhimligini yana bir bor eslatish uchun keldim. Biz sulhga, barqaror sulhga qaytishimiz kerak», — deydi Kolonna xonim matbuot anjumanida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha resurslardan foydalanish» zarur. Ketrin Kolonnaning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida juda ko‘p tinch aholi nobud bo‘lmoqda.
Isroil tashqi ishlar vaziri esa o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishni xato va «HAMAS uchun sovg‘a» deb atadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bombardimonlari oqibatida Fransiya tashqi ishlar vazirligi xodimi halok bo‘lgan.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron va Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok «The Sunday Times» gazetasida chop etilgan qo‘shma bayonotida G‘azo sektorida barqaror va uzoq muddatli sulh o‘rnatishga chaqirgan edi. Ular anklav aholisi uchun insonparvarlik yordami uchun mablag‘ni oshirganliklarini qo‘shimcha qilishdi.
G‘azo rasmiylariga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida o‘lganlar soni 20 mingga yaqinlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter