Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gapiradigan to‘tiqush egasini o‘limdan saqlab qoldi

Gapiradigan to‘tiqush egasini o‘limdan saqlab qoldi

Foto: «ABC News»

Avstraliyaning Brisben shahrida yashovchi Anton Nguyen gapiradigan to‘tiqushining sharofati bilan yong‘indan omon qoldi, deb yozadi «ABC News».

Falokat kechasi, uy egasi uxlayotgan vaqtda boshlangan.

«Men to‘tiqushim Erikning shovqin-suronidan uyg‘onib ketdim va tutun hidini sezdim. To‘tiqushni qo‘limga olib, eshikni ochdim. Uyning orqa tarafiga qarasam, yong‘in boshlanibdi», — deya so‘zlab berdi Nguyen.

Shundan so‘ng Avstraliya fuqarosi to‘tiqushi va kerakli buyumlarini olib, uyni tezda tark etgan. Uning ta’kidlashicha, yong‘inga qarshi signalizatsiyani eshitmagan.

Qutqaruv xizmatining ma’lum qilishicha, to‘tiqush baland tovushda ismini aytib avstraliyalikni xavfdan ogohlantirgan, tutun detektori ishga tushishidan oldin uy egasini uyg‘otishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring