FVV: transformator podstansiyasida yong‘in kelib chiqdi
Toshkent viloyati Parkent tumani «Quyosh» MFYda joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 19-mart kuni soat 16:10da Toshkent viloyati Parkent tumani «Quyoshli» MFYda ochiq maydonda joylashgan transformator podstansiyasidagi moy mahsuloti yongan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:27 yetib borishib, soat 16:35da yong‘in to‘liq qurshab olinib, xavfni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter