FVV ayrim viloyatlarda sel xavfidan ogohlantirdi
2019-yilning 3-iyul kuni Toshkent, Jizzax, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholiga avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter