Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida to‘qqizinchi bor yarim finalga chiqdi

Bugun futzal bo‘yicha Osiyo chempionati doirasidagi O‘zbekiston va Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi o‘tkazildi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuv 3:1 hisobida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘ldi.
Mashrab Odilov va Davron Choriyevning gollariga bitta gol bilan jaqob qaytargan vetnamliklar o‘yin oxiriga o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilishga majbur bo‘ldi va yakunda yana bir gol o‘tkazib yuborishdi. Ilhom Hamroyev so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida to‘qqizinchi bor Osiyo chempionati yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz shu vaqtga qadar 4 marta ikkinchi o‘rin, 3 marta uchinchi o‘rin va bir bor to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi yarim finalda Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv ertaga, Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Futzal, Osiyo chempionati. Chorak final
Vetnam – O‘zbekiston 1:3
Gollar: P.T.Luan 29 - M.Odilov 9, D.Choriyev 29, I.Hamroyev 39.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter