Futbol faxriysi Narimon Jalolov vafot etdi

O‘zbek sporti fidoyisi, futbol faxriysi Narimon Jalolov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
Narimon Jalolov 1931-yil 23-sentyabr kuni tug‘ilgan.
Narimon Jalolov futbolchilik faoliyatidan so‘ng, 1968-yildan boshlab Toshkentning «Paxtakor» klubida avval turli lavozimlarda, so‘ng jamoa rahbari lavozimida mehnat qilgan.
Uning tashabbusi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida futbol stadionlari qurilgan.
Narimon Jalolov 1992-yilda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan. U so‘nggi yillarda O‘FA qoshidagi Faxriylar kengashiga raislik qilib kelayotgan edi.
U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy» faxriy unvoni hamda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter