Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshladi

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshladi

Joriy yil 3-mart kuni Oliy Majlis Senati tomonidan nomzodi ma’qullangan Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshladi. 

Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Bugun men elchi, protokol boshlig‘i Rufus Gifford bilan uchrashdim va ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdim. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo‘llari yuzasidan samarali suhbatlashdik», – deb yozadi Furqat Sidiqov.

Eslatib o‘tamiz, Sidiqov 2022-yil noyabridan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik missiyasini esa Furqat Sidiqovdan oldin Javlon Vahobov boshqarib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring