Fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha yangi reyslar e’lon qilindi

Joriy yilning 11-mayidan 24-mayiga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha reyslar jadvali e’lon qilindi.
Unga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshiriladi:
13 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent 7:40
14 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
15 may. Toshkent - Dehli - Toshkent 12:00
16 may. Toshkent - Rostov-Don - Toshkent 11:00
17 may. Toshkent - Qozon - Toshkent 11:00
18 may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
19 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent 8:35
20 may. Toshkent - Moskva - Toshkent 7:20
21 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent 7:40
22 may. Toshkent - London - Toshkent 14:00
23 may. Toshkent - Novosibirsk - Toshkent 13:00
24 may. Toshkent - Sharja - Toshkent 11:00.
Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter