Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namoz paytida Avliyo Sofiya devoridagi suratlarga yechim topildi

Namoz paytida Avliyo Sofiya devoridagi suratlarga yechim topildi

Foto: «Liveinternet.ru»

Istanbuldagi Avliyo Sofiya (Aya-Sofiya) obidasidagi xristian mozaika va freskalari namoz vaqtida pardalar bilan yopib qo‘yiladigan bo‘ldi, deya ma’lum qildi Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin.

10-iyul kuni mamlakat oliy ma’muriy sudi — Turkiya davlat kengashi 1934-yilda Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini muzeyga aylantirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilgani to‘g‘risida xabar bergandik. Shundan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on obidani masjidga aylantirish haqidagi farmonni imzoladi. U yerda 24-iyuldan namoz o‘qish mumkin. Turkiya din ishlari bo‘yicha boshqarmasi namoz vaqtida xristian mozaika va freskalarini yopib qo‘yish yoki qorong‘ilashtirish kerakligini aytgandi.

Aya-Sofiya devoridagi suratlar namoz paytida pardalar bilan yopib qo‘yiladigan bo‘ldi.

«Yorug‘lik tizimi bo‘lmaydi. Hozir freska va mozaikalarni parda bilan yopish ustida ishlayapmiz, u deyarli tayyor. Bino va tasvirlarga hech qanday shikast yetkazmaslik muhim», — dedi Kalin NTV telekanali efirida.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi milodiy VI asrda imperator Yustinian buyrug‘iga binoan barpo etilib, 537-yil 27- dekabrda ochilgan. Turklar Konstantinopolni zabt etgach, Vizantiya imperiyasi qulagach, 1453-yilda ibodatxona masjidga aylantirilgan. Biroq 1935-yilda zamonaviy turk davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk unga muzey maqomini bergan va YuNESKO butunjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring