Fransiyaning eng yirik harbiy kemasidagi 668 nafar dengizchiga koronavirus tashxisi qo‘yildi
![Fransiyaning eng yirik harbiy kemasidagi 668 nafar dengizchiga koronavirus tashxisi qo‘yildi](https://static.xabaruz.com/crop/5/3/720_460_95_539529828.jpeg)
«Sharl de Goll» aviatashuvchisi dengizchilari.
Fransiyaning eng yirik harbiy kemasi — «Sharl de Goll» aviatashuvchisi dengizchilarida koronavirus aniqlangani haqida ilgari xabar bergandik. RBK yozishicha, koronavirus bo‘yicha test topshirgan dengizchilarning 668 nafarida natija musbat chiqqan. Ular shu kema va uni kuzatib boruvchi fregatda xizmat qilishgan.
Kema oxirgi marta portga 15-mart kuni kirgandi.
Fransuz nashri «France Bleu» mamlakat Mudofa vazirligiga asoslanib xabar berishicha, 14-aprel kechki paytga kelib, aviatashuvchida xizmat qiluvchi barcha 1767 nafar dengizchi koronavirus bo‘yicha test topshirgan.
«31 kishi ayni paytda Tulondagi gospitalga yotqizilgan, ularning bir nafari jonlashtirish bo‘limida», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter