Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik yigit sobiq ma’shuqasiga 4,5 mingta SMS yozgani uchun qamoqqa olindi

Fransiyalik yigit sobiq ma’shuqasiga 4,5 mingta SMS yozgani uchun qamoqqa olindi

Bugun, 5 aprel kuni fransiyalik yigit o‘zining sobiq ma’shuqasiga besh oy mobaynida 4,5 mingta SMS jo‘natgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lum qilgan.

Ular 2015—2017-yillarda uchrashib yurishgan.

«Tabiatan rashkchi bo‘lgan yigit munosabatlar tugaganiga chiday olmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2017 yil sentyabridan 2018-fevraligacha sobiq suyuklisiga 416 marta qo‘ng‘iroq qilgan, 317ta MMS, va 4252ta SMS xabari jo‘natgan», — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, u qiz bilan uchrashishga urinib, 22 fevral kuni uning uyiga bostirib borgan, uning politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishiga qarshilik qilgan.

Tuluza sudi «bechora oshiq»ni 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Undan olti oyi shartli jazodir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring