Fransiyadagi aeroportga Yelizaveta II nomi berildi
14-oktyabrdan Fransiya shimolida joylashgan Le-Tuke-Kot-d’Opal xalqaro aeroporti Aéroport international Le Touquet-Paris-Plage Elizabeth II nomi ostida faoliyat yuritishni boshlaydi.
Travelweekly.co.uk portalida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, aeroport rahbariyati marhum qirolicha Yelizaveta II xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun ushbu qarorga kelgan.
Nomining o‘zgarishi uning fransuz aeroportlari orasida «eng britancha aeroport» ekani tasdig‘i va isbotidir, deyiladi havo ko‘rfazi bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter