Fransiyada koronavirusga qarshi kurashda yordam bergan migrantlarga fuqarolik va’da berilyapti
Fransiya hukumati mamlakatga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam bergan migrantlarga fuqarolik berishga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi sog‘liqni saqlash xodimlari, farroshlar va do‘kon ishchilari uchun tezlashtirilgan fuqarolikka qabul qilish tartibini boshlaganligini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 700 dan ortiq odam allaqachon fuqarolikni olgan yoki ushbu jarayonning so‘nggi bosqichida turibdi. Hammasi bo‘lib 2890 ga yaqin ariza kelib tushgan.
Odatda Fransiya fuqaroligini olish uchun mamlakatda besh yil yashash, shuningdek, barqaror daromad va fransuz jamiyatiga qo‘shilish talab etiladi. Biroq koronavirusga qarshi kurashda oldingi chiziqlarda harakat qilgan migrantlar jamiyat oldidagi «buyuk xizmatlari» uchun minnatdorchilik ramzi sifatida Fransiyada ikki yil yashagandan so‘ng fuqarolikni olishlari mumkin.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada qariyb 2,5 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Umuman olganda, kasallik tufayli yuzaga kelgan asoratlar natijasida 62 mingga yaqin kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter