Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada 18 yashar shaxs teraktda gumonlanib qo‘lga olindi

Fransiyada 18 yashar shaxs teraktda gumonlanib qo‘lga olindi

Fransiyada chechenistonlik 18 yoshli yigit hibsga olindi. U Olimpiada vaqtida stadionga hujum qilishga tayyorlanishda gumon qilinmoqda.

Fransiya politsiyasi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Sent-Eten shahridagi stadionda terakt tayyorlashda gumon qilib, chechenistonlik 18 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi, deya bayonot berdi mamlakat IIV rahbari Jerald Darmanin.

«Dalillar shuni ko‘rsatadiki, u Olimpiada futbol o‘yinlaridan birida Geoffroy Guichard stadioniga hujum qilishga faol tayyorgarlik ko‘rgan», dedi Jerald Darmanin bayonotida. 

«U tomoshabinlarga ham, xavfsizlik xodimlariga ham hujum qilib, keyin o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan», dedi Jerald Darmanin.

Politsiya hibsga olingan shaxsning ismini oshkor qilmayapti. Aytilishicha, gumonlanuvchi Chechenistonda tug‘ilgan.

Fransiya politsiyasi Parijda 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari oldidan shay holatga keltirildi. Olimpiada davomida tartibni 45 ming politsiyachi nazorat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Nyu-Yorkda xavfsizlik qoidalari kuchaytirilgani ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring