Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaga harbiy yordam kuchaytirilishini e’lon qildi
Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnaning aytishicha, Parij Kiyevga harbiy yordamni kuchaytiradi.
«Biz ko‘rsatayotgan yordamimiz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan hamkorlikda Ukraina hukumati tomonidan bildirilgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan».
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu qurollar birinchi galda Ukrainaga qisqa muddat o‘zini himoya qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, Fransiya asosan harbiy yordamda havo mudofaasi va artilleriyaga e’tibor qaratmoqda.
Ketrin Kolonnaning ta’kidlashicha, Fransiya hamkorlari bilan birgalikda Ukrainaning NATOga integratsiya jarayoni bilan parallel ravishda olishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari ustida ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter