Fransiya prezidenti uni Gitler obrazida tasvirlagan muallif bilan sudlashmoqchi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning advokatlari davlat rahbari Adolf Gitler obrazida tasvirlangan reklama taxtasidagi tasvir muallifi ustidan shikoyat arizasi topshirdi, deb xabar berdi BFMTV telekanali.
OAV xabarlariga ko‘ra, fotomontajli plakatlar o‘tgan hafta Tulon va La-Sen-syur-Mer kommunasida paydo bo‘lgan. Makron Gitler obrazida tasvirlangan, uning yonida qizil fonda oq harflar bilan «Itoat eting. Vaksinatsiya qiling», deb yozib qo‘yilgan.
Bunday tasvirlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan Tulon prokuraturasi ish ochdi. Voqea Tulon politsiya uchastkasining xavfsizlik xizmati tomonidan tergov qilinmoqda. Tablolarda tasvir muallifiga qarshi tuhmat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Mahalliy Var-Matin gazetasining yozishicha, karikatura muallifi bu kabi aksiyalari bilan tanilgan mahalliy faol Mishel-Anj Floridir. U shu tariqa Fransiyadagi sanitariya pasportlari va sog‘liqni saqlash xodimlari uchun majburiy emlash to‘g‘risida kinoya bilan gapirmoqchi bo‘lgan, deb yozadi gazeta.
Fransiyaning bir qator shaharlarida 17 va 24-iyul kunlari sanitariya pasportlarini joriy etish va tibbiyot xodimlarini majburiy emlash amaliyotining kengayishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter