Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Pavel Durovning akasi Nikolayni qidiruvga berdi

Fransiya Pavel Durovning akasi Nikolayni qidiruvga berdi

Bir necha kun avval Parijda qo‘lga olingan Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolay ham qidiruvga berildi. Bu haqda Politico hukumat hujjatlariga asoslanib xabar bermoqda. 

Bu ish, xuddi Pavel Durovning o‘zida bo‘lgani kabi, Telegramning Fransiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq.

1980 yilda tug‘ilgan Nikolay Durov ukasi Pavel bilan VKontakte va Telegram kabi yirik loyihalarda ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olingandi. Fransiya rahbari Emmanuel Makron holatga izoh berib, uning ushlanishi siyosiy sabab emasligini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring