Fransiya maktablarida qo‘l telefoni taqiqlandi
Fransiya parlamenti umumta’lim maktablari va kollejlar o‘quvchilarining qo‘l telefonidan foydalanishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Joriy yil sentyabr oyidan, ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatdagi umumta’lim maktablari va kollejlarda o‘quvchilar qo‘l telefonlaridan foydalana olishmaydi.
Dastlab qonunda o‘qituvchilarning ham qo‘l telefonidan foydalanishini taqiqlash taklifi kiritilgan, lekin bu taklif qabul qilinmagan edi.
Fransiya ta’lim vaziri Jan-Mishel Blankuver 2017-yilning oxirida o‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishini ta’minlash hamda ularni dars jarayonida virtual olamdan asrash maqsadida qo‘l telefonlarini taqiqlash zarurligini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter