«France Football» jurnali faoliyatini to‘xtatdi
Futbol olamining eng mashhur nashrlaridan biri — «France Football» jurnali moliyaviy qiyinchiliklar sababli faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda «Vesti» xabar berdi.
1946-yildan beri chop etilayotgan «France Football» dunyodagi eng nufuzli nashrlardan sanaladi. Jurnal 1956-yili Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun «Oltin to‘p» sovrinini joriy etgan. Orada ko‘plab o‘zgarishlarga uchragan ushbu sovrin har yili topshirib kelingan, 2020-yilda, koronavirus pandemiyasi tufayli, «Oltin to‘p» topshirilmaydigan bo‘ldi.
«France Football» jurnali yopilishiga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘ldi, endi u «L’Équipe» gazetasining ilovasi sifatida chiqadi. Jurnalning 56 nafar xodimi qisqartirishga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter