«Forrest Gamp» asari muallifi vafot etdi
![«Forrest Gamp» asari muallifi vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1443856686.jpg)
«Forrest Gamp» filmidan lavha.
Amerikalik yozuvchi, «Forrest Gamp» asari muallifi Uinston Grum 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ferhop shahri (Alabama shtati) meri Kerin Uilson ma’lum qildi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/29/QZHOrnGLX3-f1ai73vxzeLW2XPKsQt1B.png)
«Og‘ir qayg‘u ila aziz do‘stimiz Uinston Grum vafot etganini ma’lum qilmoqchiman. Ferhop bugun afsonaviy yozuvchidan judo bo‘ldi», — deb yozdi mer «Facebook»da.
1986-yilda yozilgan «Forrest Gamp» romani Grumning eng mashhur asari edi. Asarning 1994-yildagi kinotalqini (bosh rolni Tom Henks ijro etgan) oltita «Oskar» olgan.
Grum 1995-yili asarning davomini yozgan — «Gamp va kompaniya», ammo uni ekranlashtirishga urinishlar besamar ketgan. Forrest Gamp haqidagi romanlaridan tashqari, Grum non-fikshn (ilmiy adabiyot) janrida ham qator kitoblar yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter