«Forbes» yoshi 30 gacha bo‘lgan mashhurlarning eng serdaromadlarini aniqladi
«Forbes» yoshi 30 gacha bo‘lgan mashhurlarning eng serdaromadlarini aniqladi.
Birinchi o‘rinda — Amerikadagi reliti-shoularning 21 yoshli yulduzi Kayli Jenner. U bir yilda 166,5 mln. dollar daromad qilibdi.
Ikkinchi o‘rinda — britaniyalik 27 yoshli pop-musiqachi Ed Shiran (110 mln. dollar).
Uchinchi o‘rinda — braziliyalik 26 yoshli futbol yulduzi Neymar (90 mln. dollar).
Yetakchi o‘nlikka, shuningdek, xonanda Teylor Svift, musiqachi «The Weeknd», basketbolchi Jeyms Xarden, bokschi Saul Alvares, amerikancha futbolchi Derek Karr va golfchi Jordan Spit kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter