Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fohishalik bilan shug‘ullanuvchilar gepatitning ayrim turlariga o‘z hisoblaridan tekshiriladi

Fohishalik bilan shug‘ullanuvchilar gepatitning ayrim turlariga o‘z hisoblaridan tekshiriladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fohishalik bilan shug‘ullanuvchilar gepatitning ayrim turlariga o‘z hisoblaridan majburiy tekshirilishi haqida tegishli modda (293-modda. Tibbiy yo‘sindagi tekshiruvlardan o‘tishni belgilash) qo‘shilmoqda.

Unga ko‘ra, ushbu Kodeksning 190-modda (Fohishalik bilan shug‘ullanish)sida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga, sud jazo tayinlash bilan birga ularga o‘z hisobidan virusli gepatitning «V» va «S» turlariga skrining tekshiruvlardan o‘tish majburlov chorasini tayinlaydi.

Bunda mazkur shaxslarga nisbatan sud ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlagan bo‘lsa, ular sog‘liqni saqlash muassasalarida virusli gepatitning «V» va «S» turlariga skrining tekshiruvlardan o‘tgandan so‘ng, ma’muriy qamoq jazosini o‘taydilar.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi ishlab chiqilishi bugungi kundagi respublikadagi vaziyatni hisobga olib, O‘zbekiston tajribasi sifatida ilk marta ishlab chiqilmoqda.

Loyihani qabul qilish zarurati haqida so‘z borganida loyiha muallifi IIV quyidagilar bilan asoslaydi:

  • birinchidan, ayrim shaxslar tomonidan betartib jinsiy aloqa qilish natijasida turli yuqumli kasallikka chalinib qolish holatlari mavjudligi;
  • ikkinchidan, ayrim toifadagi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etish holatgan mavjud bo‘lib, ularni tibbiy tekshiruvdan o‘tishi borasida aniq normaning mavjud emasligi;
  • uchinchidan, amaldagi qonunchilik hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga o‘z hisobida tibbiy tekshiruvdan o‘tish majburiyat sifatida qayd etilmagan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring